So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
Oʻzbekiston prezidenti 2-mart kuni mamlakat poytaxtida boʻlib oʻtadigan Qoʻshilmaslik harakati sammitda ishtirok etishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, zarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil koʻrib chiqdilar.

“Tizimli va samarali muloqotlar tufayli Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 50 foizdan ziyodga oshdi. Avtomobilsozlik, toʻqimachilik sanoati va ipakchilik kabi ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi. Neft-gaz, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.

Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida oʻtgan birinchi Hududlar forumi doirasida qoʻshma Investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Mamlakatlarimiz erkin iqtisodiy zonalarni va soliq maʼmuriyatchiligi tizimini rivojlantirish borasida oʻzaro tajriba almashishdan manfaatdorligi taʼkidlandi. Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir