Qidirish

18:28 / 2022-12-11 393 0 Hodisalar

Akmaljon Mahmudaliyev salafanda jon saqlayotgan andijonlik oilaga amaliy yordam koʻrsatdi

Sirdaryo viloyati hokimligi masʼullari tomonidan Effect.uz orqali yoritilgan andijonlik oilaning murojaati oʻrganildi.

Aniqlanishicha, Boyovut tumanidagi dala maydonida oila aʼzolari bilan yashab kelayotgan Salohiddin Dehqonov ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat qilib, hech kim murojaatini eshitmayotganini, masʼullar umuman holidan xabar olmasligini maʼlum qilgan.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev mazkur oilaning yashash sharoitini oʻrgangan. Salohiddin Dehqonov turmush oʻrtogʻi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan 2021-yilning fevral oyida dehqonchilik bilan shugʻullanish maqsadida Andijondan Sirdaryo viloyatiga kelgan.

S.Dehqonovga tuman hokimi qarori bilan bogʻdorchilik va sabzavot bilan shugʻullanishi uchun 7,4 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Ammo berilgan yerdan maqsadsiz foydalanilgan.

Oila bir muddat “Yangiobod” mahallasidagi xonadonlardan birida ijarada yashagan. Ayni kunda esa dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonidagi chaylada istiqomat qilib kelgan.

Oilaning turmush sharoiti mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan bir necha bor oʻrganilgan. Unda yashash uchun ijaraga uy, voyaga yetmagan farzandlarini imtiyozli ravishda maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashga koʻmaklashish taklifi berilgan. Lekin S.Dehqonov bu yordamlarni rad etib, bepul uy berilishi kerakligini talab qilgan.

Shu kunga qadar masʼullar koʻmagida ikki nafar farzandiga nafaqa tayinlangan, chorvachilik yoʻnalishida 30 million soʻm imtiyozli kredit ajratib berilgan. Shuningdek, savdo doʻkonidagi mavjud qarzlari homiylar tomonidan toʻlab berilgan.

Shunga qaramasdan, qaramogʻida 2 nafar voyaga yetmagan bolalari borligi va havo-haroratining pasayganligini inobatga olinib, oila bugunning oʻzida vaqtinchalik, yetarli shart-sharoitga ega boʻlgan bepul uyga koʻchirilgan. Bundan tashqari  dehqonchilik mavsumi boshlangunga qadar daromad topib, roʻzgʻor yuritishi uchun S.Dehqonov ish bilan taʼminlangan.

Izohlar 0

Fikr bildirish