So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Shavkat Mirziyoyev AQSH Davlat kotibini qabul qildi
Prezident AQSH mulozimi bilan bir nechta masalalarni muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarning keng doirasi hamda mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari koʻrib chiqildi.
“Suhbat avvalida Davlat kotibi Entoni Blinken davlatimiz rahbariga Qoʻshma Shtatlar Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
AQSH Oʻzbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qoʻllab-quvvatlashda qatʼiy ekani yana bir bor qayd etildi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan demokratik yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berildi, ular toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.
Ayniqsa, inson huquqlari va gender tenglikni taʼminlashda, majburiy mehnatga qarshi kurashishda, soʻz erkinligi va ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda va koʻplab boshqa yoʻnalishlarda erishilgan katta muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi”, — deyiladi xabarda.
Strategik hamkorlik boʻyicha samarali muloqotni ilgari surish va turli darajalarda sermahsul almashinuvlarni davom ettirish muhimligi tasdiqlandi.
Savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, Amerika yetakchi kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish, kooperatsiya loyihalarini, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni, shu jumladan mamlakatimizda yoshlarga ingliz tilini oʻqitish va malakali oʻqituvchilarni tayyorlash dasturlarini faollashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy hamkorlikning eng muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Kuni kecha “AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari” (“S5+1”) formatida oʻtgan vazirlar uchrashuvining amaliy natijalari ijobiy baholandi.
Mintaqa mamlakatlarining barqaror taraqqiyotiga koʻmaklashish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini takomillashtirish, “yashil” energetikani rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish kabi yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtildi.
Shu oyda Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli bitim kengashi (TIFA) yigʻilishiga muhim ahamiyat berilmoqda. Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish borasida keng xalqaro hamkorlikka oid masalalar ham koʻrib chiqildi.
Ushbu mamlakatdagi vaziyatning keskinlashishiga va gumanitar inqirozning avj olishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, mavjud muammolarni hal qilish algoritmini ishlab chiqish uchun BMT maydonidan faol foydalanish zarurligi, shuningdek, tinchlik jarayoniga va Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklashga koʻmaklashish uchun mintaqaviy infratuzilma loyihalarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi toʻgʻrisida yakdil fikr bildirildi.