So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gretsiyada poyezdlarning toʻqnashuvi oqibatida 26 kishi halok boʻldi
Yoʻl-transport hodisasi joyida 150 nafar oʻt oʻchiruvchi, 40 nafar tez tibbiy yordam mashinasi va 32 nafar politsiya xodimi jalb etilgan.
Gretsiyaning Larisa shahri yaqinida yoʻlovchi poyezdi bilan yuk poyezdining toʻqnashuvi qurbonlari soni 26 nafarga yetdi, 85 kishi jarohat oldi. Bu haqda chorshanba kuni ERT News telekanalining efirida yongʻin xavfsizligi xizmati rasmiy vakili Vasilis Vatrakoyannis maʼlum qildi.
“Tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, ayni damda vayronalar ostidan 26 nafar halok boʻlganlarning jasadi topilgan. Kamida 85 kishi jarohatlangan, ular shifoxonalarga yetkazilgan.
Yoʻl-transport hodisasi joyida 150 nafar oʻt oʻchiruvchi, 40 nafar tez tibbiy yordam mashinasi va 15 ta patrul mashinasida 32 nafar politsiya xodimi jalb etilgan. Kran oʻrnatilgan avtomobillar ham maydalangan vagonlarni demontaj qilishda yordam bermoqda”, - dedi Vatrakoyannis.
Tibbiy yordamga muhtoj boʻlmagan 270 nafar yoʻlovchi fojia joyidan evakuatsiya qilindi va avtobusda Saloniki shahriga joʻnatildi.
Telekanalga intervyu bergan ayrim guvohlarning aytishicha, poyezdlar toʻqnashuvi taʼsiri juda kuchli boʻlgan.
“Atrofdagi hamma narsa yonayotgan edi, biz singan derazalar orqali chiqdik. Biz jarlikka tushdik, atrofdagi hamma narsa tutun ichida edi, qaerga borishimiz kerakligi aniq emas edi”, - deydi tirik qolgan yoʻlovchilardan biri.