So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqiladi
Mazkur dastur doirasida uy-joyga ega boʻlmagan fuqarolarga uy-joy beriladi.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.
Unda aholini “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish rejasi eʼlon qilindi.
Xususan 2023-yilda:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 1,6 baravarga oshirilib, 90 mingga yetkazilsin.
Bunda, uy-joy hamda ijtimoiy va savdo obyektlarini loyihalashtirish va qurishda avtotransport vositalarining turargohlari, shu jumladan koʻp qavatli va yerosti avtoturargohlar majburiy ravishda barpo etilishi taʼminlansin;
32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltirilsin;
aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlmagan fuqarolar uchun Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilsin;
xalqaro va mahalliy fond birjalarida “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSH dollari ekvivalentiga yetkazilsin.
Bunda, ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablagʻlar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtirilsin.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir