So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda oʻquvchini urib, quloq pardasini yirtib yuborgan direktorga hukm oʻqildi
Samarqandda oʻquvchini urib, uning quloq pardasini yirtib yuborgan maktab direktoriga huqm oʻqildi.
Oliy sud matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, holat boʻyicha yigʻilgan hujjatlar sudda koʻrib chiqilgan.
“Borsam bolalar doskada turgan ekan. Paqildoq tashlangan ekan. Achchiq ustida shu bolani bir shapaloq urdim. Bolani Toshkentga 3-marta olib borib, davolatib keldim. Hozir u yaxshi”, — deydi sobiq direktor.
Aytishlaricha, jabrlangan bolaning umuman aybi boʻlmagan. Sinfxonada portlatilgan paqildoq maktab oshxonasidan sotib olingan. Yaqinda taʼmirdan chiqarilgan maktabda zamonaviy kuzatuv kameralari ham oʻrnatilgan, biroq tasvirlar qasddan oʻchirib yuborilgan.
Sud hukmiga koʻra, sobiq direktor Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi bilan 3 yilga taʼlim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Avvalroq yuqoridagi holatdan kelib chiqib, ushbu maktab direktori B.R. Samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining tegishli buyrugʻiga asosan lavozimidan ozod etilgandi.