So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda
Prezident Qoʻshilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2-mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Boku shahriga tashrif doirasida Prezident Qoʻshilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
“Ozarbayjon tomonining raisligida oʻtadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining taʼsiri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda koʻp tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, Qoʻshilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni oʻz tashqi siyosatining asosi etib eʼlon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir