So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sobiq turmush oʻrtogʻi tomonidan kaltaklangan ayolga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan” — Namangan viloyati IIB
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Effect.uzʻda eʼlon qilingan xabarni tasdiqladi.
Xabaringiz bor, Effect.uz saytida Namangan shahrida yashovchi ayol turmush oʻrtogʻi tomonidan kaltaklanganligi toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilingan edi. Viloyat IIB Axborot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 23-fevral kuni 102 raqami orqali ichki ishlar organlariga bu haqda xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga chiqib oʻrganilganda, Namangan shahar, “Ziyokor” MFYda yashovchi M.A hamda qarindoshi M.B birgalikda sobiq turmush oʻrtogʻi M.S bilan oʻrtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik yuzasidan janjallashib, uning bosh qismiga qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.
“Holat yuzasindan sudga-oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tan jarohat olgan shaxs sud tibbiy tekshiruvidan oʻtkazilganligini maʼlum qilamiz. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.