So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda metan “zapravkalar” yopiladimi?
Vazirlik tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni asossiz ekanligini maʼlum qildi.
Ijtimoiy tarmoqda “Namanganda gaz quyish shahobchalari faoliyati 2-3 kunga cheklanadi” mazmunida xabar eʼlon qilindi. Mazkur xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Namangan viloyatidagi gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati toʻxtatilmaydi, aksincha ularning ish faoliyati uzluksizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Ushbu xabar mutlaqo asossiz boʻlib, bugungi kunda nafaqat Namangan viloyatida, balki respublika boʻyicha gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati toʻxtatilishi koʻzda tutilmagan.
Hozirda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlari yetarli bosimda tabiiy gaz taʼminotiga ega boʻlganligi uchun gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatini toʻxtatishga ehtiyoj mavjud emas”, — deyiladi munosabatda.
Vazirlikning eslatishicha, Fargʻona vodiysidagi gaz shahobchalarining ishlash vaqti bosqichma-bosqich uzaytirilib, bugungi kunda 14-15 soatdan (soat 7:00dan 21:00gacha) faoliyat yuritmoqda va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatining uzluksizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.