So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
9 ming “koʻkat” bilan qoʻlga tushgan prokuratura tergovchisiga jinoyat ishi ochildi
U jinoyat ishini yengillashtirib, hal qilib berishni vaʼda bergan.
Toshkent viloyati Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi 9 ming “koʻkat” olib turgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda Effect.uzʻga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Shamsutdinovga koʻra, 26-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qoʻriqlash xizmatini olib boruvchi qorovul prokuratura tergovchisining ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
27-fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish), qoʻriqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik), 28-211-moddalari (Pora berishda - ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.