So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryo viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi
U bir yil davomida Moskva viloyati Yegoryevsk markaziy tuman kasalxonasida rentgenendovaskulyar xirurg sifatida faoliyat olib borgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tegishli buyrugʻi bilan Xurshid Hakimov Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
1988-yilda tugʻilgan X.Hakimov Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr bosqichini tamomlagach, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura va aspirantura boʻyicha tahsil olgan.
2020-yildan boshlab bir yil davomida Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyati Yegoryevsk markaziy tuman kasalxonasida rentgenendovaskulyar xirurg sifatida faoliyat olib borgan.
2021-yilda Oʻzbekistonga qaytib, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida Rentgenendovakulyar xirurgiya boʻlimi boshligʻi sifatida ish boshlagan. X.Hakimov samarali faoliyati uchun “Shuhrat” medali va “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Yusuf Mirxonov Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining tibbiy yordamni tashkillashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 1981-yilda tugʻilgan Yu.Mirxonov Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavr va magistratura boʻyicha tahsil olgan.
Faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialida boshlagan Yu.Mirxonov bu yerda vrach-xirurg, boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Yu.Mirxonov Guliston shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi — koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudiri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir