So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda ayol sobiq turmush oʻrtogʻi va uning bir guruh qarindoshlari tomonidan oʻlasi qilib kaltaklandi
44 yoshli ayol ogʻir ahvolda RSHTTYOIM Namangan filialiga turli jiddiy jarohatlar bilan olib ketilgan. Voqea sodir boʻlganiga 5 kun boʻlishiga qaramasdan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlamagan.
Namangan shahrida ayol sobiq turmush oʻrtogʻi va uning bir guruh qarindoshlari tomonidan oʻlasi qilib kaltaklandi. Bu haqda Effect.uzʻga jabrlanuvchining akasi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 23-fevral kuni Namangan shahar “Ziyokor” MFYda joylashgan xonadonda ikki nafar farzandi bilan istiqomat qilayotgan 44 yoshli (1978 tugʻilgan) M.S 18:00 atrofida sobiq turmush oʻrtogʻi va uning qarindoshlari tomonidan nomaʼlum sabablarga koʻra kaltaklangan.
Ayolni kaltaklashga kelganlar hattoki voyaga yetmagan bolalarga ham qoʻl koʻtarishgacha borishgan. Shundan soʻng, vahshiylik qurboniga aylangan onasining ahvolini koʻrgan qizlar, Ichki ishlarga murojaat qilishgan. Ichki ishlar xodimlari voqea joyiga yetib kelib, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirib, surishtiruv ishlarini olib borishgan.
Mazkur voqea haqida ayolning akasi shunday deydi:
«Singlimni RSHTTYOIM Namangan filialiga turli jiddiy jarohatlar bilan olib ketilgan. Voqea boʻlganiga 5 kun boʻldi, lekin singlimizning qanday ahvolda ekanligini koʻzimiz bilan koʻrganimiz yoʻq. Uning oldiga kiritishmayapti. Hozirga qadar sud-tibbiy ekspertiza ham tayinlanmadi.
Iltimos, singlimizni ahvolidan xavotirlanayotganimiz uchun uni koʻrishga bir marta boʻlsa ham sharoit qilib berib turishlarini viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidan soʻrab qolamiz»
Mazkur holat boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan rasmiy maʼlumot berilishini kutib qolamiz.