So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻistonda bir nechta mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Toʻrtkul tumanida sodir boʻlgan suv toshqinlari ortidan jiddiy tekshiruv oʻtkazildi, natijada...
Joriy yilning 24-fevral kuni Toʻrtkoʻl tumani “Kaltaminor” ovul fuqarolar yigʻinida sodir boʻlgan suv toshqini hodisasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi rasmiy maʼlumot berdi.
Unda qayd etilishicha, mazkur ovul fuqarolar yigʻini hududidan oʻtuvchi “Kaltaminor-1” kanalining oʻng qirgʻogʻida suvning koʻtarilishi hisobiga kengligi 5 m, chuqurligi 1,78 m boʻlgan suv toshib chiqish hodisasi sodir boʻlgan.
Toshqin natijasida shu hududda yashovchi 7 nafar fuqaroning yashash uyi va yordamchi xoʻjalik inshootlariga zarar yetkazilgan. Suv toshqini jarayonida jarohatlangan fuqarolar boʻlmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shu kuni soat 7 ga qadar suv toshqini bartaraf etilib, toʻplanib qolgan suvdan hovli, yer maydonlari tozalangan.
Hodisa joyiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, Vazirlar Kengashi hamda respublika prokuraturasi masʼullari yetib borib, vaziyat joyida oʻrganildi.

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hududiy sektor rahbarlari hamda boshqa masʼullarga tegishli topshiriq berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toʻrtkoʻl tuman prokuraturasi tomonidan “Paxta Arna Nayman” irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi va Toʻrtkoʻl tuman Irrigatsiya boʻlimi mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 203, 207 va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi doirasida fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash yuzasidan ekspertiza tayinlangan.