So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toʻra Bobolov yangi lavozimda ish boshladi
Eng qizigʻi uning yangi lavozimga tayinlangani toʻgʻrisida hech qayerda eʼlon berilmagan.
Surxondaryo viloyatini bir necha yillar davomida boshqarib kelgan sobiq hokim Toʻra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi. Eng qizigʻi uning yangi lavozimga tayinlangani toʻgʻrisida hech qayerda eʼlon berilmadi.
Joriy yilning 24-fevral kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston-Ozarboyjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtgan.
Mazkur tadbirda Toʻra Bobolov palata raisining birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, Ozarboyjon Tadbirkorlar (ish beruvchilar) tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarboyjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, ishbilarmon doiralar vakillari ham qatnashgan.
Hokimlik vaqtida oʻzining hurmacha qiliqlari-yu, haqoratli audiolari bilan tarmoqlarda aylangan Bobolovga nisbatan 2022-yilning sentyabr oyida Prezident qarori bilan oʻz faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qoʻyiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻlgani uchun jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov 2019-yilning mayida Surxondaryoga hokim etib tayinlangan. Surxonni qariyb toʻrt yil davomida boshqargan hokim 1970-yil Angor tumanida tugʻilgan.
1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994-yildan 2003-yilgacha Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004-yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016-yillarda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi, 2016-2017-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
U 2017-yildan 2019-yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari edi. 2019-yil 1-may kuni Toʻra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlangandi.
Ungacha Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Bahodir Poʻlatov ishdan olinib, uning oʻrniga Toʻra Bobolov vaqtincha rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik, 2020-yil yanvarida hokim lavozimiga rasman tasdiqlangan.
Izohlar 1
Иван василевич
2023-Feb-27 21:24Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir