So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Mirziyoyev Erdogʻanga qoʻngʻiroq qildi
Turkiya Prezidenti, oʻz navbatida, eng murakkab pallada koʻrsatilgan koʻmak uchun Oʻzbekiston Prezidenti va qardosh xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Shavkat Mirziyoyev muloqot vaqtida Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va katta muvaffaqiyatlar hamda qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari bugungi keng koʻlamli strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikdek yuksak darajaga koʻtarilishida Prezident Rejep Erdogʻanning shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaning janubi-sharqiy muzofotlarida sodir boʻlgan vayronkor zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda soʻzlarini izhor etdi va ularning oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordamni koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi.
Turkiya Prezidenti, oʻz navbatida, eng murakkab pallada koʻrsatilgan koʻmak uchun Oʻzbekiston Prezidenti va qardosh xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining faoliyati tufayli oʻnlab insonlarning hayoti saqlab qolindi, Hatay muzofotining minglab aholisiga malakali yordam koʻrsatildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati, ziyolilari va jamoatchilik vakillarining saʼy-harakatlari katta maʼnaviy koʻmak boʻldi.
“Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 2022-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Boʻlajak uchrashuvlar rejasi, shu jumladan Oʻzbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, ishonchli va doʻstona ruhda oʻtdi”, — deyiladi xabarda.



