So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
“Oʻzbekneftaz”: Sovuq havoda gaz qazib chiqarish hajmini bir maromda taʼminlash tadbirlari olib borilmoqda

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish va ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini koʻpaytirish maqsadida geologo-texnik tadbirlar bilan bir qatorda gaz qazib chiqarishning barqarorligini taʼminlash va gaz sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash yoʻnalishidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Ob-havoning keskin sovib ketishi vaqtida boshqarmaga qarashli konlardan tabiiy gaz qazib chiqarish jarayonlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida gaz yigʻish punkti va gaz quvurlarida muzlash (gidrat) hosil boʻlishini oldini olish uchun maxsus texnika vositalari yordamida quvurlarni qizdirish, gaz quvurlariga metanol haydash ishlari rejali tarzda olib borilmokda.
Shuningdek, “Sharqiy Berdaq” gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 2 va 3 - gazni past haroratda separatsiyalash tarmogʻidagi turbodetander agregati taʼmirlanib ishga tushirildi.
Mazkur ishlar kun sovuq boʻlishiga qaramay, isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining konlaridagi barcha mehnatkash ishchi-xodimlar tomonidan hamjihatlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



