So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“Unga jiddiy ogohlantirish berildi” — Kaniza litsenziyasidan mahrum etildi
Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Kaniza Ahmedovaga qoʻllanayotgan choralardan boshqa sanʼatkorlar ham oʻziga tegishli xulosa chiqarib olishi lozimligini maʼlum qildi.
Xonanda Kaniza ijtimoiy tarmoqlardagi axloqsiz videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum boʻldi. Bu haqda Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Bahodir Ahmedov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.
“Kengash aʼzolari bir ovozdan Kaniza Ahmedovani litsenziyadan mahrum qilish qarorini maʼqullashdi. Unga jiddiy ogohlantirish berildi.
Agar bir oy davomida tartibga tushsa, litsenziya uchun qayta ariza tashlashi mumkin. Ochigʻini aytaman, bu qiz nega bunday qilganiga hayronman.
Bunday narsalar unga nimaga kerak? Aqli raso, oʻziga yarasha ongi bor, oliy maʼlumotli inson. Bir oy ichida xatolarni toʻgʻrilasa, toʻgʻriladi — boʻlmasa, yanada jiddiy chora koʻriladi.
Kaniza Ahmedovaga qoʻllanayotgan choralardan boshqa sanʼatkorlar ham oʻziga tegishli xulosa chiqarib olsa, yaxshi boʻlardi, — deydi vazir oʻrinbosari Bahodir Ahmedov.
Qayd etish kerak, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Kanizaning toʻy marosimida kiygan kiyimi va raqsi keskin muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng, xonandaning oʻzi, tarmoq foydalanuvchilariga javoban videomurojaat eʼlon qildi.

“Kechadan buyon mening ishtonim muhokama boʻlayotgan ekan. Men tushunmadim. Men oʻzi salbiy, ayniqsa, savodsizlar yozgan izohlarga ahamiyat berishni xohlamasdim. Oʻzbekistonda meni ishontimni muhokama qilishdan boshqa mavzu qolmadimi?” — degan u.