So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Abdulla Aripov Xu Chunxua bilan uchrashdi
Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasida 9-10-dekabr kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Xu Chunxua bilan uchrashdi.
Maʼlum qilinishicha, 2021-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi qariyb 8 mlrd dollarni tashkil etdi. Ikki davlat rahbarlari ushbu koʻrsatkichni tez orada 10 mlrd dollarga yetkazishni belgilab bergan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 2 100 dan ziyod Xitoy kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yurityapti. Birgina 2022-yilning oʻtgan 10 oyida Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 218 ta yangi korxona tashkil etilgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashilgan.



