So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Davron Hidoyatovning sogʻligʻi yomonlashdi
Chirchiq shahar hokimining vazifasini vaqtinchalik Jurʼatbek Rahmonov bajarib turadi.
Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatovning sogʻligʻi yomonlashdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishida maʼlum qilingan.
Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Jurʼatbek Rahmonov zimmasiga hokim vazifasini vaqtincha bajarish yuklangan. Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.

Qayd etish joiz, Hidoyatov shahar hokimligining rasmiy Telegram sahifasida oxirgi marotaba 15-fevral kuni koʻrinish bergan. Oʻshanda u “Oʻzbekiston uchun ekologik toza qishloq xoʻjaligi texnikasi platformasini yaratish” loyihasi doirasida Koreya Respublikasining Jonbuk texnoparki vakillari bilan uchrashgan.

Maʼlumot oʻrnida, Davron Hidoyatov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Hidoyatov 2021-yil bir muddat Toshkent viloyatiga hokim boʻlgandi. Zoyir Mirzayev 2021-yilning noyabr oyida aynan uning oʻrnini egallagandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Davron Hidoyatovga “hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir