So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekkonsert” Kanizaga litsenziya berishni rad qildi
Davlat muassasasi xonandaga eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik talabini ham qoʻygan.
“Oʻzbekkonsert”davlat muassasasi xonanda Kanizaga litsenziya berishni rad qildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, xonandaning 2023-yil 17-fevral kuni litsenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2023-yil 23-fevral kuni litsenziya berish rad etildi.
“Soʻnggi vaqtlarda xonanda Kaniza(Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda”, — deyiladi
Shuningdek, “Oʻzbekkonsert” xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qoʻyish hamda eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligi, sanʼatkor odobiga rioya qilishi yuzasidan bir oy muddat berilgan.
“Agarda belgilangan muddat ichida ushbu kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyasi butunlay toʻxtalishi maʼlum qilinadi”, — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.