So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kredit pullarini talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi ochildi
Hokim yordamchisi MCHJ rahbari boʻlganligi tufayli hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162 mln soʻmni oʻzlashtirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022-yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan taʼminotchilarga oʻtkazilgan ayrim holatlarda kreditlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlangan.
Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shahrisabz tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi boʻyicha “B.S.B.” MCHJ taʼsischisi va rahbari A.Oʻ. T. bir paytning oʻzida Shahrisabz tumanida mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotganligidan foydalangan holda 114,0 mln. soʻm soliq va yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganligi hamda tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162,0 mln. soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.