So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda mehmonxona 7,6 mlrd soʻmlik elektr energiyasini “oʻgʻirlagani” maʼlum boʻldi
Mehmonxona 16,9 mln kW hajmdagi elektr energiyasini sarflab yuborgan, yaʼni bu 85 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Samarqand shahrida mehmonxona tomonidan 7,6 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Maʼlum boʻlishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahar, Soʻgʻdiyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Xususan, ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli mehmonxonada yashirincha oʻrnatilgan oʻchirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi maʼlum boʻldi. Natijada isteʼmolchiga 16,9 mln kW⋅soat hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 7,6 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 85 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
“Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.