So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Tojikistondagi ketma-ket zilzilar kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
Tojikistonda bir soat ichida 3 marotaba zilzila sodir bo‘ldi, uning kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37 da (23.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 00:37 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,8. Chuqurlik 147 km. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda. O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 227 km.
Andijon viloyatida 4 ball, 256 km.
Namangan viloyatida 4 ball, 294 km.
Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 413 km.
Toshkent shahrida 3-4 ball, 435 km.
Jizzax viloyatida 3-4 ball, 467 km.
Surxandaryo viloyatida 3 ball, 509 km.
Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km.
Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km.
Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km.
Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.
Shuningdek, qo‘shni davlat dastlabki zilziladan so‘ng, Toshkent vaqti bilan 5:55 da 4,7 magnitudali, 06:06 da 4,2 balli yer silkinishlari qayd etilgan.