So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Hayvon ham bu ishni qilmaydi” — Homilador ayolini boʻgʻib oʻldirgan erga hukm oʻqildi
Marhuma koʻzi yorishiga uch kun qolganida oʻldirilgan.

Koʻzi yorishiga sanoqli kunlar qolgan ayolini boʻgʻib oʻldirgan er 18 yilga qamaldi. Bu haqda RTV lavhasida maʼlum qilindi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 12-oktyabr kuni oilaviy kelishmovchiliklar sabab er oʻzining homilador ayolini boʻgʻib oʻldirgan.
Rafiqasining oʻlimiga sababchi boʻlgan er voqeani shunday izohladi:
“Turmush oʻrtogʻim meni ish joyimga kelib “seni onang *****” deb haqoratladi. Men oʻzim voqea qanday boʻlganini bilmaganman”, — deydi qotilikka qoʻl urgan er.
Marhumaning onasining aytishicha, uning qizi tugʻishiga uch kun qolganida oʻldirilgan:
“Men ajrash deganman, ammo u “yoʻq ikkita bolamni yetim qilmayman” degan”, — deb qizining soʻzlarini esladi mushtipar ona.
Marhumaning otasi esa qotillik tafsilotlarini shunday esladi:
“Farzand qiz boʻlsa kerak emas” deyishgan, janjal ham aynan shundan kelib chiqqan. Buning onasi: “Agar qiz tugʻilsa ahlatxonaga tashlab yubor” degan”. Hayvon ham bu ishni qilmaydi. Shunchalik ham vahshiylik boʻladimi?”, — deydi vafot etgan ayolning otasi.
Yakunda sudlanuvchi JKning 97 moddasi (2 qismi “b”) bandi bilan nazarda tutilgan jinoyatni sodir etilgan deb topilib, 18 yilga ozodlik mahrum etildi.



