So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Inoyatov DUK va boshqarmalarga yangi rahbarlarni tayinladi
Tayinlangan kadrlar faoliyati davomida biror marotaba rahbarlik qilmagan.

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUKga va Sogʻliqni saqlash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish, ularni ekspluatatsiya qilish va transport hisobini yuritish boshqarmasiga va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasiga yangi rahbarlarni tayinladi.
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Mirzoxidjon Qodirov vazirlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
M. Qodirov 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy oʻquv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan.
Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qoʻmitasida yetakchi mutaxassis, qoʻmita raisi oʻrinbosari, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
M. Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, Oʻzbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini taʼminlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat koʻrsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda oʻz ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, vazirning tegishli buyrugʻi bilan Mahmudov Sherzod Zohidovich vazirlikning Sogʻliqni saqlash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish, ularni ekspluatatsiya qilish va transport hisobini yuritish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
1989-yilda tugʻilgan Sh.Mahmudov Fargʻona davlat politexnika institutini tamomlab, Fargʻona viloyati Qishloq va suv xoʻjaligi, Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish hamda Statistika boshqarmalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Keyinchalik u Maktabgacha taʼlim vazirligining Investitsiya va kapital qurilish boshqarmasida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Sh.Mahmudov tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish, ularni ekspluatatsiya qilish va transport hisobini yuritish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, tegishli buyruq bilan Gʻafforov Farrux Abduqahhorovich vazirlikning Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
1979-yilda tugʻilgan F.Gʻafforov xorijiy tillar, shuningdek, moliya va investitsiyalarni boshqarish boʻyicha mutaxassislikka ega.
U oʻz faoliyati davomida Toshkent shahridagi bir qator tumanlarning Gʻaznachilik boʻlinmalari, “Asakabank” va Xalq banki kabi yetakchi moliya muassasalari, shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida turli masʼul lavozimlarda ish olib borgan.



