So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
DXX halqumiga “chipqon” chiqqan fermerlarni qoʻlga oldi
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bir nechta shaxslar qoʻlga oldi.

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi, deya xabar bermoqda DXX Axborot xizmati.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Qashqadaryo
Koson tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari 2011-yil tuman hokimligi tomonidan mazkur xoʻjalikka 49 yil muddatga ijaraga berilgan 50 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd. 200 mln. soʻm talab qilib, oldindan 590 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Kasbi tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fermer xoʻjalik rahbari oʻzining muqaddam sudlanganligiga qaramasdan, 1981-y.t. tanishi bilan birgalikda, mazkur xoʻjalikning paxta va gʻalla yetishtirishga moʻljallangan 35 gektar sugʻoriladigan yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd. 200 mln. soʻm talab qilib, oldindan 380 mln. soʻm olgan vaqtlarida ushlandi.
Kasbi tumanida qayd etilgan yana bir holatda dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik ish yurituvchisi mazkur xoʻjalik rahbarining unga bildirgan ishonchini suiisteʼmol qilib, 14 gektar yer maydonini 130 mln. soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, ushbu yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan Kasbi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi 5 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Sirdaryo
DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanida yashovchi, 1980-y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs, unga tuman hokimining 2021-yildagi qaroriga asosan tomchilatib sugʻorish usuli bilan intensiv bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi tashkil etishi uchun ajratilgan 4,5 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



