So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning “dolzarb 40 kunlik”dagi rejalari ochiqlandi
Davlat rahbari tashabbusiga koʻra, “Yashil makon” umummilliy loyihasining “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ham faol ishtirok etmoqda. 30-oktyabr kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarida hashar tashkil etildi.
Jami, “dolzarb 40 kunlik” doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning korxonalari tomonidan 70 mingga yaqin daraxt koʻchatlari oʻtqazilishi rejalashtirilgan.
Bundan, asosiy eʼtibor har bir hududning iqlimiga mos, suvsizlikka chidamli, tez oʻsadigan yaproq va igna bargli hamda mevali daraxtlar koʻchatlari tanlanishiga qaratildi. Ayni kunlarda stansiya va markazlarda koʻchatlarni oʻtqazish barobarida, koʻkalamzorlashtirilishi kerak boʻlgan yerlarni yumshatish, ortiqcha chiqindilardan tozalash, sugʻorish tizimini nazoratdan oʻtkazish kabi ishlar ham olib borilmoqda.
Ayni kungacha “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning korxonalari tomonidan loyiha doirasida 26 gektar yer maydoniga jami 16 mingga yaqin tup daraxt va buta koʻchatlari ekilishiga erishildi.
“Mahallabay” ishlash tizimi va “Yashil makon” loyihasi asosida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani Alimkent koʻchasi boʻylab daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Oʻtgan yili bu yerda loyiha doirasida zamonaviy “yashil bogʻ” va tutzor barpo etilgan edi.
Navoiy IES joylashgan hudud yoz kunlarida oʻzining jaziramasi, qishda esa quruq sovuq ob-havosi bilan izohlanadi. Qishin-yozin harorat moʻtadilligini taʼminlash uchun elektr stansiyasi atrofida “Yashil belbogʻ” loyihasini amalga oshirish oʻzining natijasini bermay qolmaydi. Toshkent IES Qibray tumanining shinam goʻshasida joylashganligiga qaramasdan, elektr stansiya xodimlarining maqsadi nafaqat hudud, balki atrof mahallalar obodligiga ham munosib hissa qoʻshishdir. Toʻraqoʻrgʻon IES uchun ushbu loyiha muhim ahamiyatga ega, chunki stansiya atrofi ochiq tosh va qumli hududda joylashgan. Bu yerda yashil landshaftning yaratilishi, ishchi-xizmatchilar salomatligini muhofaza etish bilan birga, elektr stansiyasining asosiy uskunalarini qum boʻronlaridan himoya etish imkonini yaratadi.
Fargʻona IEM energo obyektlar ichida eng yashil va koʻrkam hisoblansa-da. Issiqlik elektr markazi jamoasi bu yilgi loyiha doirasida yana 6 mingta koʻchat oʻtqazishni rejalashtirgan. Muborak IEM korxonasi hududida ekologik muhitni yanada yaxshilash, xodimlar salomatligini muhofaza qilish zaminidir. Bu yerda 1,5 gektar yer maydonida 3 ming dona manzarali va mevali daraxtlar oʻtqaziladi.
Toshkent IEM poytaxtimizning qoq markazida joylashgan, markaz tomonidan loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati shu bilan muhimki, bu Toshkent shahri hududining ekologik muvozonatini saqlashga imkon beradi.
Sirdaryo IES malakatimizdagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Bu yerda 2 ming nafarga yaqin xodimlar mehnat qilishmoqda. Bu yerda ham iqlimning oʻziga xos nozik jihatlaridan kelib chiqib mos koʻchatlar ekilmoqda.
“Tolimarjon IES” AJ jamoasi mamlakatimiz janubiy issiq iqlimiga mos, chidamli koʻchatlar oʻtqazilishiga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Korxonalar tomonidan nafaqat koʻchatlarni ekish, balki ularning keyingi parvarishi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, oʻtgan yili “Yashil makon” va “Yashil yillik” loyihalari doirasida yerga qadalgan har bir niholning unib oʻsishi uchun masʼullar belgilanib, sugʻorish ishlari reja jadval asosida olib borilgan edi. Bu yil ham mazkur ishlar lozim darajada tashkil etilmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati