Qidirish

15:16 / 2023-02-21 303 0 Hodisalar

Hataydagi kuchli zilziladan keyin 90 ta yer silkinishi qayd etilgan — AFAD

Zilzila oqibatida 6 kishi halok boʻlgan, 294 kishi jarohatlangan, jumladan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan.

world-news

Turkiya janubidagi Hatay viloyatining Defne hududida 20-fevral oqshomida sodir boʻlgan 6,4 magnitudali zilziladan soʻng mintaqada 90 ta yer silkinishi qayd etilgan boʻlib, ularning eng kuchlisi 5,8 ball boʻldi. Bu haqda 21-fevral, seshanba kuni Turkiya hukumati huzuridagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasida (AFAD) maʼlum qilindi.


Maʼlum qilinishicha, AFAD call-markaziga kelib tushgan 54 ta qoʻngʻiroqdan 44 tasida salbiy hodisalar kuzatilmagan. Xatay, Afyonkarahisar, Izmir, Istanbul, Sakarya, Erzurum, Samsun, Diyarbakir, Adana, Van, Kayseri, Denizli, Balıkesir, Artvin, Bartin va Usakdan AFAD qidiruv-qutqaruv guruhlari 112 ta oʻt oʻchirish brigadasi ishtirok etdi.

Turkiya Favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish markazi (CAKOM) maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida 6 kishi halok boʻlgan, 294 kishi jarohatlangan, jumladan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan.


AFAD halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi va yaradorlarga tezroq sogʻayib ketishlarini tiladi. Xabarda aytilishicha, koʻchada tunashga majbur boʻlgan fuqarolar uchun zilzila zonasiga 6 mingta chodir yuborilgan.

Kun davomida Hatayga yangi chodirlar yetkazib beriladi. Turkiya janubidagi Hatay viloyatida 20-fevral oqshomida ikki marta zilzila sodir boʻldi. 6,4 magnitudali birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan soat 20:04 da, ikkinchisi 5,8 magnitudali 20:07 da qayd etilgan.

Zilzila epimarkazlari mos ravishda Defne va Samandag viloyatlarida joylashgan. Birinchi zilzila manbai 16,7 km, ikkinchisi 7 km chuqurlikda joylashgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish