So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qashqadaryoda koʻrik-tanlovlar uchun 350 mln soʻm ishlatildi

Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 17-martdagi “2022-yil 5 ta muhim tashabbusini taʼlim muassasalarida yanada kengroq joriy etish boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalari oʻtkazish toʻgʻrisidagi 85-sonli buyrugʻiga asosan «5 tashabbus uyga vazifa” tanlovini “Musiqa sanʼati”, “Tasviriy sanʼat”, “Teatr sanʼati”, “Sport”, “Dasturlash”, “Qizlarjon”, “Kitobxonlik” yoʻnalishlarida tashkil etish belgilab olingan edi.
Mazkur tanlovga umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari tomonidan uyda oʻtirgan holda 13264 ta ijodiy ishlar —videoroliklar yuborildi.
Hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi deb topilgan videoroliklar mualliflaridan 115 nafari gʻolib deb eʼlon qilindi. Tadbirlardan koʻzlangan maqsad yoshlarning kelajakda oʻz ustida ishlashlari, isteʼdodlarini yuksaltirishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga sharoitlar yaratishdan iborat.
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Qarshi shahridagi “Abdulla Oripov” nomidagi ijod maktabida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Beshta muhim tashabbus” doirasidagi koʻrik-tanlovlarda gʻoliblarini “Festivali” boʻlib oʻtmoqda. Ushbu festivalda “5 tashabbus – sanʼat bilan” shiori ostida “Yoshlar teatr studiyalari” festival-tanlovi gʻoliblariga 5 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi (ustunli) va mikrofoni hamda 5 ta Noutbuk bilan;
“5 tashabbus – sport bilan” umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida stritbol sport turidan musobaqasi gʻoliblariga Sport jihozlari toʻplamlari bilan;
“5 tashabbus – axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida “Robotlar jangi” festival-tanlovi gʻoliblariga 6 ta Monoblok hamda 6 ta smart soati bilan;
“5 tashabbus – kitob bilan” shiori ostida “Kitobxon maktab” festival-tanlovi gʻoliblariga 1537 dona badiiy adabiyotlar toʻplami bilan;
“Fan toʻgaraklari” boʻyicha festival-tanlovi gʻoliblari ga 2 dona Monoblok hamda 1 dona planshet bilan:
Qashqadaryo viloyati boʻyicha ushbu festival gʻoliblariga jami 350 000 000 soʻmlik miqdorga ega boʻlgan sovgʻalar topshirildi.



