So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev Ahmad Fargʻoniy haykali poyiga gul qoʻydi
Shavkat Mirziyoyev Miqyosi Nil inshootini koʻzdan kechirdi, uning tarixi, Ahmad Fargʻoniy ilm-fanga qoʻshgan hissasi haqida olimlar bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifini Ahmad Fargʻoniy merosi ziyoratidan boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.


Maʼlum boʻlishicha, qariyb 1200-yil davomida inshootdan oʻtgan asrgacha uzluksiz foydalanilgan. Bugungi kunda esa u turistik maskanga aylantirilgan.

2007-yilda Miqyosi Nil yaqinidagi xiyobonda Ahmad Fargʻoniyga haykal oʻrnatilgan. Prezident uning poyiga gulchambar qoʻyib, mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdi.




Soʻng Shavkat Mirziyoyev Miqyosi Nil inshootini koʻzdan kechirdi, uning tarixi, Ahmad Fargʻoniy ilm-fanga qoʻshgan hissasi haqida olimlar bilan suhbatlashdi.
Ulugʻ allomaning hozirgacha saqlanib kelayotgan merosi, umuman, oʻzbeklarning Misr tarixidagi oʻrni xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlikdan dalolat berishi taʼkidlandi.



Maʼlumot oʻrnida, Ahmad Fargʻoniy — oʻz davrining yetuk astronomi, matematigi va geografi boʻlgan, Bagʻdod va Damashqda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazgan, 856-yildan esa Qohirada yashab, umrining soʻnggiga qadar Misrda ilm-fan bilan shugʻullangan.
Olim koʻplab muhim kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 861-yilda Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini oʻlchaydigan inshoot barpo ettirgan. “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur bu qurilma qishloq xoʻjaligi va iqlimni baholashda juda muhim boʻlgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir