So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Toshkentda yana pedofil paydo boʻldimi?
Maktab bolasini 29 yoshli erkak sudrab, olib ketmoqchi boʻlgan. Hozirda u mahkamada soʻroq qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi yosh bolani qoʻlidan ushlab tortganligi va bola undan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 19-fevral kuni taxminan soat 12.35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida nomaʼlum shaxs shu maktab oʻquvchisi 2011-yilda tugʻilgan M.O.ni toʻxtatib, qoʻlidan ushlab: “Shu maktabda tahsil olasanmi?” - deb soʻragan.
Voyaga yetmagan M.O. ushbu shaxsni tanimaganligi sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qoʻyib yuborishini aytgan, soʻng uyiga ketgan. Bola hozirda ota-onasining yonida sogʻ-salomat holatda.
Ushbu holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Oʻrganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994-yilda tugʻilgan M.U. ekanligi aniqlangan.
“Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 1-fevral kuni Toshkentda 12 yoshli qizning jasadi zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan topilgan edi.




Izohlar 1
