Qidirish

20:10 / 2023-02-20 616 0 Siyosat

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi. Avvalgisi hibsga olingan edi

“DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojoʻya taʼsiri sababli “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

world-news

Ulugʻbek Egamov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Shu kungacha agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Egamov Prezident qarori bilan direktor boʻldi.

Qayd etish kerak, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojoʻya taʼsiri sababli “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

Xususan, ular ichida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev ham bor.

Maʼlumot oʻrnida, Ulugʻbek Egamov —1984-yil 1-fevralda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (kunduzgi), 2016-yilda Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat instituti (kunduzgi) tamomlagan.

Ish faoliyatini 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2012-2015 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining bosh mutaxassisi.

2015-2016 yy. - Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat instituti magistranti. 2016-2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari boʻlimining bosh mutaxassisi.

2017-2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi savdoni boj-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

2018-2019 yy. - Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, hususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

01.2019y - 03.2019y. - Jizzax viloyati hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri.

Izohlar 0

Fikr bildirish