So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Misrga joʻnab ketdi
Shavkat Mirziyoyev Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Tomonlar ustuvor sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Mamlakatning eng qadimgi oʻtmishdan bugungi kungacha boʻlgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy toʻplamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish koʻzda tutilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir