So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Facebook va Instagramʻda “galochka”ni pulga sotib olish imkoniyati paydo boʻladi
Yangi funksiyadan birinchi boʻlib Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisi foydalanadi, keyin esa tez orada boshqa mamlakatlarda paydo boʻladi.
Facebook va Instagram tarmoqlarida koʻplab foydalanuvchilarning xohish istagiga koʻra, “galochka”ni pulga sotib olish imkoniyati paydo boʻladi. Bu haqda Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg maʼlum qildi.
“Bu hafta biz Meta Verified funksiyasini ishga tushirishni boshlaymiz, bu obuna xizmati hisobingizni davlat identifikatori bilan tasdiqlash, galochka olish, oʻzingizni nomingizdan oʻtkazadigan akkauntlardan qoʻshimcha himoya qilish va mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkonini beradi”, — deb yozdi Sukerberg.
Sukerbergning soʻzlariga koʻra, akkauntni verifikatsiyadan oʻtkazishning narxi oyiga 11,99 dollarni, iOS mobil qurilmalari uchun esa oyiga 14,99 dollarni tashkil qiladi.
Yangi funksiyadan birinchi boʻlib Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisi foydalanadi, keyin esa tez orada boshqa mamlakatlarda paydo boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Twitter pullik obuna joriy etilgani haqida xabar bergan edi. 6-noyabr kuni ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask Twitter Blue obunasi doirasida akkauntlarni pullik tekshirishni joriy etish niyatida ekanligini maʼlum qildi.