So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda onasini kaltaklagan oʻgʻilga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Mazkur jinoyat yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda mahalla faollarining faoliyati keskin tanqid ostiga olingan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida onasini kaltaklagan oʻgʻilga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, tumanni “Xalqobod” mahallasida yashovchi fuqaro muqaddam JIB Shahrisabz tuman sudining 2022-yil 3-noyabrdagi qaroriga koʻra, MJtKning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir qilgani uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, yaʼni 600 ming jarima jazosi tayinlangan.

Shundan soʻng, 2023-yilning 15-yanvar kuni soat 18.00 larda yashash uyida onasi bilan oʻzaro janjal qilib, uni urib tan jarohati yetkazgan. Hozirda onasiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Mazkur voqea yuzasidan Shahrisabz tumanidagi 74-maktabda “Xalqobod” MFYda sodir etilgan tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Unda Shahrisabz tuman IIB rahbariyati, boʻlim huzuridagi Tergov boʻlimi, mahalla beshligi va faollar hamda jinot sodir etgan shaxsning oila aʼzolari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olganlar jinoyatni sodir etilishiga shart-sharoit yaratgan omillarni atroflicha tahlil etilgan.
Muhokama yigʻilishida bu oiladagilar bundan oldin ham bir-biri bilan nizolashib yurganini mahalla faollari, qarindoshlar bilgani holda bu shaxsning turmush tarzi va oiladagi munosabatlarini oʻrganish ishlariga panja orasidan qaragani tufayli tan jarohati yetkazish jinoyati yuzaga kelishiga sabab boʻlgani tanqid ostiga olindi.

“Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shoʻgʻullanishi lozim boʻlgan mahalla beshligi “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda ularni ogoh va hushyor ish olib borib, bu qoʻshnilar turmush tarzini vaqtida oʻrganganida bu jinoyatning oldi olinardi.
Holat boʻyicha mutasaddilardan izoh soʻralib, har bir mahalla faollari oʻz ishini jonlantirishi, zimmasidagi masʼuliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “Xalqobod” mahalla fuqarolar yigʻini beshligi zimmasiga kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida aniq manzilli vazifalar yuklandi.
Bundan keyin bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan mutasaddilari oldiga aniq vazifalar qoʻyilib, tegishli tavsiya va takliflar berildi”, — deyiladi xabarda.