So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kim Chen Inning singlisi AQSHga tahdid qildi
Oxirgi marta Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa 2022-yilning 4-oktyabrida Tinch okeaniga tushgandi.
Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon AQSHning Tinch okeaniga raketa uchirishni faollashtirish harakatlariga javoban tahdid qildi. Uning bayonoti dushanba kuni TsTAK axborot agentligi tomonidan chop etilgan.
“Soʻnggi paytlarda Koreya yarim orolida Amerika qoʻshinlarining strategik zarba beruvchi qurollari harakati faollashdi”, — dedi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimini egallagan Kim Yo Chjon.
Uning soʻzlariga koʻra, Pxenyan ularning KXDR xavfsizligiga taʼsirini diqqat bilan inobatga oladi va tegishli javob choralarini koʻradi.
“Tinch okeanidan bizning sinov maydonchasi sifatida foydalanish chastotasi AQSH qoʻshinlari harakatlarining tabiatiga bogʻliq” va Pxenyanning vaziyatni yanada kuchaytirayotgan fanatiklarni javobgarlikka tortish irodasi oʻzgarmaydi”, - deb qoʻshimcha qildi u.
Oxirgi marta Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa 2022-yilning 4-oktyabrida Tinch okeaniga tushgandi. Bungacha Pxenyan bunday sinovlarni faqat 2017-yilning sentyabr oyida oʻtkazgan edi.
Shimoliy Koreya joriy yilda faol raketa sinovlarini davom ettirmoqda. Masalan, 18-fevral kuni Pxenyan “Xvason-15” qitʼalararo ballistik raketasini uchirdi, u Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga, shimoliy Xokkaydo orolidan 200 kilometr gʻarbda qulagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir