So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Misrga tashrif buyurishi kutilmoqda
Mirziyoyev Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisi taklifiga koʻra mazkur tashrifni amalga oshiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Xabarda aytilishicha, Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi oʻrin olgan.
“Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir