So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan diniy bloger sud tomonidan chiqarilgan qarordan norozi ekanligini maʼlum qildi.
Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan diniy bloger Abror Abduazimov maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko oʻzining Telegramʻdagi sahifasida maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri, Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy sudida Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro — Abror Abduazimovga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasi yuzasidan sud majlisi boʻlib oʻtgan.
Unda, jurnalist sudyadan Abror Muxtor Aliyga nisbatan tahdid, tuhmat va haqoratomuz xabarlar tarqatgani uchun chora koʻrishni soʻragan.
Shuningdek, Makarenko sudyadan mazkur ishni jinoyat ishi tarkibiga oʻzgartirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan. Biroq uning iltimosnomasi qanoatlantirilmagan.
Natijada, sudya Abror Abduazimovni MJtKning 202-2-moddasi birinchi qismi bilan shaxs qadr-qimmatini kamsitishga yoki uning obroʻsini kamsitishga olib keladigan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan BHMning 20 baravari (6 mln soʻm) miqdorda jarima tayinlagan.
Jarimaga tortilishiga qaramasdan, Abror Muxtor Aliy shaxsiy sahifasida sud tafsilotlarini ochiqlab, sud qaroridan norozi ekanligini bayon qildi.
“Nikita Makarenkoni Nikita-oy degan jumla bilan yozganim uchun uning yoʻq obroʻsi toʻkilgan deb topildi. Sud menga 6 mln soʻm jarima tayinladi.
Biz Nikita Makarenkoga qarshimiz. Ung nisbatan Oʻzbekistonda “ketparaslik”ning targʻiboti bilan shugʻullanayotganligi, millatning dardi va gʻami ularning qalbida emasligi haqida gapirgan edik. Shu sabab maʼmuriy javobgarlikka tortildik”, - deydi Abror Muhtor Aliy.
Maʼlumot oʻrnida, Abror Muxtor Aliy — 1976-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlogʻida tugʻilgan.
Mehnat faoliyati: 2004-2008 — Toshkent viloyati “Olimjon ota” jome masjidida imom-xatib. 2008-2009 — Xorazm viloyati “Faxriddin ar-Roziy” oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi. 2011-2022-yillarda — Toshkent islom universiteti oʻqituvchisi. 2020-yildan Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi. 2021-yildan Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari.



