So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hataydagi dahshatli zilziladan 13 kun oʻtib, yana 3 kishi qutqarildi
Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 80 davlatdan 11 ming nafar qutqaruvchilar kelgan.
Turkiya janubidagi Hatay viloyatida sodir boʻlgan dahshatli zilziladan 13 kun oʻtib, vayronalar ostidan 3 kishi, jumladan bir bola qutqarib olindi.
“Xushxabar shanba kuni Antakya shahridan keldi, u yerda qutqaruvchilar Turkmanboshi koʻchasi boʻylab general Shukru Kanatli kvartalidagi uylardan birining vayronalarini saralayotgan edi.
Shaxslari hali aniqlanmagan erkak, ayol va bola zilziladan 296-soat oʻtib qutqarib olindi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yotqizildi”, — deyiladi xabarda.
Epitsentri Turkiyaning Qahramanmaras shahrida sodir boʻlgan ikki dahshatli zilzila qurbonlari soni 40 mingga yaqinlashdi. Prezident Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.