So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonadagi maktablardan birida kuchli portlash boʻlgani aytilmoqda. FVB, XTB va IIB jim...
Fargʻona shahridagi maktablardan birida kuchli portlash boʻlgani aytilmoqda. Bu haqda bloger Olimjon Haydarov xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 6-dekabr Fargʻona shahar markazida joylashgan “49-maktabning issiqxonasi (kotelnыyda) chamasi soat 10-11 lar atrofida kuchli portlash yuz bergan.
Blogerning aytishicha, mazkur portlash ovozi maktab atrofidagi xonadonlar va doʻkonlarga eshitilgan. Portlash natijasida issiqxonaga yondosh binolarni oynalari sinib ketgan.
“Eng qizigʻi kimdir kelib, maktabdagi barcha xodimlardan portlash haqida hech kimga aytmaslik, agar aytsa, ishdan boʻshatilish boʻyicha tushuntirish xati yozdirib olgan. Nega? Bu voqea nega yashirilmoqda?
Qaysidir manfaatdor shaxs qilgan ishmi bu? Aksincha bu ishdan xulosa qilib, boshqa maktablardagi issiqlik tizimini qayta nazoratdan oʻtkazish kerak emasmi? Nega hech kim bu haqda rasmiy munosabat bermadi? Na FVB, na XTB, na IIB”, — deb yozdi u.