So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
“Bu ogʻir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz” — Saidov zilzila boʻlgan hududlarga bordi
Tashqi ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu bilan uchrashuvdan soʻng, etnik oʻzbeklar yashaydigan mahallaga bordi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Gaziantep viloyatida hamkasbi Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Saidov Oʻzbekiston Prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir boʻlgan dahshatli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan.
“Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu ogʻir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz”, — deb yozgan Saidov oʻzining Telegram kanalida.
Mazkur uchrashuv haqida Chavushoʻgʻlu ham Twitter sahifasida post qoldirdi.
“Биз оғир дамларда бизни тарк этмаган қардош Ўзбекистон Ташқи ишлар вазири вазифасини бажарувчи Бахтиёр Саидовга бирдамлик ташрифи учун миннатдормиз”, — деб ёзди Чавушўғли.
Учрашувдан сўнг Бахтиёр Саидов 10000 дан ортиқ этник ўзбеклар яшайдиган Овакент маҳалласида бўлди.
“Маҳаллий аҳолини қўллаб-қувватлаш учун дунёнинг турли бурчакларидан бу ерга келган барча ватандошларимиздан миннатдормиз. Мудофаа вазирлиги кўчма госпитали 2000га яқин жароҳатланганларга ёрдам кўрсатди, ФВВ ходимлари эса вайроналар остидан 30 дан ортиқ одамни қутқариб олди”, — деб ёзди у.
Сўнгги маълумотларга кўра, Туркиядаги зилзила оқибатида 39 672 киши ҳалок бўлган, 105 505 киши жароҳатланган.



