So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentga 10 ta yangi avtobuslar keltirildi. Ular qaysi yoʻnalishlarda harakatlanadi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirga Toshkent shahriga 1000 ta avtobus olib kelish boʻyicha topshiriq bergan edi.
“Toshshahartransxizmat” AJ va “TRUCK AND BUS TRADE GROUP” MCHJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, joriy yilning 15-fevral kuni “MAN A22 CNG” rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufiga topshirildi.
Mazkur avtobuslarning:
1 donasi — “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 14-sonli “Toshkent vokzali - TTZ bozori”;
1 donasi — “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 24-sonli “TTZ – Yunusobod mavzesi 6-daha”;
1 donasi — “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 89-sonli Qorasuv 1-mavzesi – Chorsu savdo markazi";
1 donasi — “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 96-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha – Mashinasozlar metrosi”;
2 donasi — “7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 41-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha – Chilonzor buyum bozori”;
1 donasi — “8-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 82-sonli “Yunusobod mavzesi 17-daha – Ibn Sino 1-mavzesi”;
1 donasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 95-sonli “Yunusobod mavzesi 25-daha - Aviasozlar”;
1 donasi — “18-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 53-sonli “Oʻrikzor mavzesi Paxtakor metrosi”;
1 donasi — “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 147-sonli “Chorsu savdo markazi – Chinni bozori” avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish uchun biriktirildi.
Maʼlumot uchun, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir