So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda YPX xodimiga pora bergan fuqaroga jinoyat ishi ochildi
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida IIB yoʻl-patrul xizmati xodimiga pora bergan fuqaro qamoqqa olinganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 25-yanvar kuni Termiz shahar “Manguzar” mahallasi hududida joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash jarima maydonchasi yonida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.J. ushbu kuni YPX inspektori O.A. tomonidan, oʻziga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomani bekor qilish va Termiz shahar yoʻl harakat xavfsizlik boʻlimi jarima maydonchasida vaqtincha saqlanayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasini chiqarib berishi evaziga IIB JXX YHXB YPXO 1-safarbarlik otryadi komandiriga 2 mln. soʻm miqdorida pul mablagʻlarini pora tariqasida bergan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tezkor xodimlari tomonidan holislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan hodisa joyida ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan 27-yanvar kuni fuqaro LJ.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sodir etgan qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, aybiga toʻliq iqrorligi va muqaddam sudlanmaganligini inobatga olib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari Termiz shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.