So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Toshkent jamoat transportida yoʻlkira narxi oʻzgaradi
1-martgacha Toshkent shahrida jamoat transporti avtomatlashgan toʻlov tizimiga oʻtadi, avtomatlashgan dispetcherlik xizmatlari ishga tushadi.

“Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi;
yoʻlkira haqini kunlik yigʻish reja-topshirigʻini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yoʻlkira haqi toʻlanishini va koʻrsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.
Shaharlarda avtobus yoʻnalishlarining yangi tarmogʻi joriy etilishi, avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatining bosqichma-bosqich:
2023-yil 1-martgacha – Toshkent shahrida;
2023-yil 1-avgustgacha – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024-yil 1-iyungacha – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida yoʻlga qoʻyiladi.
Yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich:
2023-yil 15-apreldan – Toshkent shahrida;
2024-yil 1-yanvardan – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024-yil 1-iyundan – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ishga tushiriladi.
Maʼlumot uchun, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti uchun narxlar soʻnggi marotaba 2019-yilning avgust oyida 1200 soʻmdan 1400 soʻmga oshirilgan edi.



