So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonlik erkak Rossiyada butilkadoshini qulogʻini kesib tashladi
Rossiyaning Aleksin shahrida Oʻzbekiston fuqarosi butilkadoshining qulogʻini kesib tashlagani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda Tula viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 7-dekabr kuni oʻzbekistonlik erkak begona xonadonda tanishlari davrasida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan.
Shundan soʻng, mast boʻlib qolgan erkak 55 yoshli hamrohini kaltaklagan. Jabrlanuvchi polga yiqilgach, uning chap qulogʻini kesib tashlagan. Natijada jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Erkakning jasadini ayblanuvchi va xonadon egasi uyning zinapoyasiga tashlab ketishgan. Xonadon egasiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Tergov prokuratura nazorati ostida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvada oʻzbekistonlik yigit ukrainalik qizni oʻldirgan edi.