So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Oʻzbekkino” milliy agentligi qoshida Jamoatchilik kengashi tuzildi
Endilikda Oʻzbekkino buyurtmasiga asosan suratga olinadigan filmlar byudjet xarajatlarini ushbu Kengash nazorat qiladi.
Bugun, 3-iyul kuni “Oʻzbekiston kino tarmogʻi islohotlari va jamoatchilik nazorati mexanizmlari” mavzusida media klubning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbir davomida kuni kecha “Oʻzbekkino” MA qoshida ustoz kinoijodkorlar, yetuk kinematografistlardan tashkil topgan yangi Jamoatchilik kengashi tarkibi maʼlum qilindi. Jamoatchilik kengashi kino mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni oʻrganish va nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi mustaqil tuzilma sifatida faoliyat olib boradi.
Mahoratli rejisser va kinooperator Hamidulla Hasanov (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi aʼzosi) raisligidagi kengash aʼzolari tarkibida yetuk kinorejisserlar Sanjar Boboyev (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi), Qamara Kamolova (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi), Aliaskar Fatxulin va Sobir Nazarmuxamedov (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi), Karim Mirxodiyev (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi) va Azamat Ergashev (Kengash kotibi, Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi) kabi ajoyib oʻzbek aktyorlari, kinoperatorlar Botir Bozorboyev (Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti kafedra mudiri, Kengash raisi oʻrinbosari), Nozim Tolipov va Marat Soliyev (Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi), kinoprodyuser Farrux Toʻlaganov, kinodramaturg Madina Moʻminova, kinotanqidchi Baxtiyor Yakubov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, dramaturglar Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov va Anvar Ergashev, jurnalist va kinoshunos Boris Babayev, ovoz rejisseri Anvar Fayzullayev va mualliflik huquqi boʻyicha yurist Jasur Poʻlatovlar oʻrin olishgan. Tadbir davomida Kengashning asosiy maqsad va vazifalari hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Jamoatchilik kengashi aʼzolari fikr va mulohazalarini aytib oʻtishdi.
“Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan 2020-yilda 30ga yaqin badiiy kinokartinalar suratga olindi va olinmoqda. 2021-yilda esa ish jarayoni boshlangan 20ga yaqin yangi loyihalar va 30ga yaqin boshqa kinorejalar haqida maʼlumot berildi. 2020-yilda tayyorlangan va ishlanayotgan badiiy filmlarning umumiy byudjeti 89.1 milliard soʻmni tashkil etadi. 2021-2022-yillar rejalashtirilayotgan yangi badiiy kinoloyihalarning taxminiy qiymati 120 milliard soʻmga yaqin.
Albatta tashkilotning yillik byudjeti (56 mlrd) bunday miqdordagi filmlarni moliyalashtirishga yetmaydi. Sobiq tarkibdagi Badiiy kengashning tashkilot moliyaviy imkoniyatlaridan ikki uch barobar koʻproq miqdorda kinoloyihalarni tasdiqlagani bois 2019-yildan 2020-yilga 92 milliard soʻmga yaqin mablagʻlar majburiyati 2020-yilga oʻtgan. Uni ustiga davlat buyurtmalari va yangi loyihalarni moliyalashtirish majburiyatlari mavjud.
Shuning uchun, “Oʻzbekkino” milliy agentligi qoʻshimcha moliyaviy manbalar topish maqsadida metsenatlar, katta tadbirkorlik subyektlari va viloyat hokimliklari bilan muzokaralar olib bordi. Aksariyat viloyatlar hokimliklari bilan oʻsha hududda tugʻilib oʻsgan shoiru yozuvchilar, allomalar va tarixiy shahslar hayoti va ijodiga bagʻishlanadigan umumiy qiymati 115 milliard soʻmga yetadigan badiiy filmlarni Oʻzbekkino bilan teng ulushda moliyalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Adiblar hiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli shoir va yozuvchilarimiz haqidagi filmlarda hamkor sifatida ayrim Oliy taʼlim muassasalari qatnashishi maʼlum qilindi. Tadbir soʻngida “Oʻzbekkino” milliy agentligi masʼullari anjumanga tashrif buyurgan Ommaviy axborot vositalari, bloger va jamoatchilik vakillarining savollariga javob berishdi.