So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Mayli, boy boʻlsin, faqat hayot bilan xalq bilan birga boʻlsin. Klaster endi xalqparvar boʻlishi kerak” – Prezident Buxoroda klaster rahbarlari bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida klasterlar rahbarlari bilan muloqot qildi.
Hozirgi kunda Buxoro viloyatida 11 ta paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyat yuritmoqda. 2022-yilda ular tomonidan qariyb 99 ming gektar yerda 358 ming tonnadan ortiq paxta yetishtirilgan. Jami 2 trillion 36 milliard soʻmlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 3 ming 600 ta ish oʻrni yaratilgan. Tashqi bozorga qariyb 77 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Muloqotda bozor konyunkturasidagi oʻzgarishlar, klasterlar oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
“Qiyin boʻlsa ham, nima uchun klaster tizimiga oʻtdik? Ilgari xalqimiz paxta ekardi, lekin shunga munosib manfaat topmasdi. Besh yil davomida klasterlarni avaylab, sharoit yaratib, shu darajaga olib keldik. Endi ular xalqparvar boʻlishi kerak. Mayli, boy boʻlsin, faqat hayot bilan birga, xalq bilan birga”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Klasterlar rahbarlari bugungi natijalari soʻnggi yillardagi islohotlar tufayli ekanini, bunga javoban ishsizlikni kamaytirish boʻyicha oʻzlariga masʼuliyat olishini taʼkidlashdi.
“Barcha islohotlarimizdan pirovard maqsad - xalqimizning daromadini oshirish. Kambagʻallikni yoʻq qilib, aholining xarid qobiliyatini oshirsak, tadbirkorlarning ishi ham rivojlanadi. Besh yil oldin Buxoro qanday edi, hozir qanday? Shu surʼatda davom etsa, yana besh yildan keyin natijalar bundan-da yaxshi boʻladi. Chunki shunday buyuk, mehnatkash xalqimiz bor”, - dedi Prezident.

Klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, innovatsion yechimlarni joriy etish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir