So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Prezident Buxoroda 6 ta yangi korxonani ishga tushurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va energiya taʼminotini yaxshilash masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilish avvalida 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi boʻldi. Ular - Gʻijduvon tumanidagi “Gʻijduvon ipak tola”, Buxoro shahridagi “Layxter Kamalak Tekstaylen”, Jondor tumanidagi “Arjumandbonu chorvasi”, Gʻijduvon tumanidagi “Usmon Sher Shamshod”, Romitan tumanidagi “VBM Romiteks” korxonalari va Buxoro shahridagi toʻrt yulduzli mehmonxonadir.
“Ipakchilik, toʻqimachilik, parrandachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash va turizm tarmoqlariga ixtisoslashgan bu majmualarda 3 ming 500 ta yangi ish oʻrni ochilmoqda. Umuman, bularning natijasida viloyat ishlab chiqarishiga 850 milliard soʻm qoʻshiladi.
Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni rasman ishga tushirdi. Videoaloqa orqali ularning rahbarlari bilan muloqot qildi”, — deyiladi xabarda. Yigʻilishda Buxoroda energiya taʼminotini yaxshilash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, 2023-yilda Buxoroda yillik elektr isteʼmoli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat boʻlishi kutilmoqda. Shu bois qoʻshimcha quvvatlarni yaratish va samaradorlikni oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Buxoroning iqlimi issiq. Bundan foydalanib, 740 ta korxonada 22 Megavattli, ijtimoiy obyektlar va koʻp qavptli uylar ustida 11 Megavattli quyosh panellari oʻrnatish mumkinligi aytildi.
Elektr tarmoqlarini yangilash orqali 50 million kilovatt soat elektr yoʻqotishlarini kamaytirish, 45 ta yirik sanoat korxonasida energiya sarfi yuqori boʻlgan uskunalarni almashtirish imkoniyati koʻrsatib oʻtildi.
Xususan, “Amu-Buxoro” nasos stansiyasida chastotali boshqarish vositalarini yangilash hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat energiyani iqtisod qilish mumkin.
“Yigʻilishda tumanlardagi yangi zaxiralarni ishga solib, sanoatni rivojlantirish kerakligi qayd etildi. Soʻnggi besh yilda Buxoroda 31 trillion soʻm investitsiya jalb qilinib, 3 mingdan ziyod korxona ishga tushgan. Ishlab chiqarish 4,3 baravarga koʻpaygan. Bu koʻrsatkich 2022-yilda 27 trillion soʻm boʻlgan. Sanoat eksporti 200 million dollarga yetgan.
Joriy yilda Buxoroda 880 million dollarlik 703 ta korxonani ishga tushirib, 15 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Bu loyihalarga 220 million dollar kredit va infratuzilmasiga 100 milliard soʻm ajratilmoqda.
Prezident har bir tuman hokimiga qoʻshimcha zaxira topib, yana kamida 50 million dollar investitsiya olib kelib, yangi loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi”, — deb qoʻshimcha qilinadi xabarda.



