So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxda “zapal” boʻlgan IIB xodimi “uchdi”
Gʻallaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimlariga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganliklari uchun intizomiy choralar qoʻllanildi.
Jizzaxda yarim kechasi xizmat vazifasidan chetga chiqib, birovning xotini bilan ushlangan IIB xodimi ishdan boʻshatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishich, ushbu voqeadan soʻng Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor A.Ikramov nazoratida xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, voqeaga oydinlik kiritish choralari koʻrildi.
Surishtiruv davomida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani IIB 2-sonli IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori J.X.ning bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan.
Oʻrganish ishlari davomida kapitan J.X.ning Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning bir qator bandlarini buzganligi aniqlanib, xodim ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatildi.
Shuningdek, Gʻallaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimlariga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganliklari uchun intizomiy choralar qoʻllanildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, voqeaning ayrim ishtirokchilarining xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va qonuni qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumani sudiga yuborilgan.