So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ilmiy markazlarimizni dunyo yetakchilariga aylantirish kerak” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident olimlar bilan suhbatda diniy taʼlimni rivojlantirish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarurligini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga kelib, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ziyoratgohda dastlab, Qurʼon tilovat qilingan. Alloh taolodan oʻtganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo oʻqildi.

“Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi qilishga harakat qilyapmiz. Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning oʻzi madadkor boʻlsin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Olimlar bilan suhbatda diniy taʼlimni rivojlantirish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarurligi taʼkidlandi.

“Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din boʻyicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat boʻlayapti? Manfaat shunday boʻlishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak.
Buxoriy, Moturidiy, Margʻinoniy kabi buyuk bobolarimiz merosiga tayangan holda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy taʼlimni amaliyot bilan bogʻlash, ilmiy markazlarimizni dunyoda yetakchilariga aylantirish kerak, - dedi davlat rahbari.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir